AgroDok Skaner

Maxfiylik siyosati

AgroDok (sayt va Android ilova) qanday ma‘lumot ishlatishini va uni qanday himoya qilishini shu yerda tushuntiramiz. Hisob ochish talab qilinmaydi.

Oxirgi yangilanish: 17-noyabr 2026

1. Qanday ma‘lumotlar ishlatiladi

  • Skanerlash uchun siz tanlagan yoki suratga olgan o‘simlik rasmi. Rasm yuborishdan oldin qurilmangizda kichraytiriladi, joylashuv (GPS) va boshqa meta-ma‘lumotlar tashlab yuboriladi.
  • Agronomdan so‘rash bo‘limiga yozgan savollaringiz.
  • “Tashxis noto‘g‘ri” tugmasi bosilganda: ekin nomi, aniqlangan muammo nomi (rasm yuborilmaydi).
  • Ism, telefon, elektron pochta, kontaktlar va aniq joylashuv yig‘ilmaydi.

2. Rasm va savollar qayerga yuboriladi

  • Rasm va savollar tashxis/javob tayyorlash uchun sun‘iy intellekt xizmatlariga (Google Gemini; zarur bo‘lsa zaxira sifatida boshqa AI xizmatlari) yuboriladi.
  • AgroDok serveri rasmni saqlamaydi: u faqat tahlil vaqtida xotirada bo‘ladi.
  • Iltimos, rasmda odamlar yuzi yoki shaxsiy hujjatlar bo‘lmasin.

3. Qurilmangizda saqlanadigan ma‘lumot

  • Skanerlar tarixi (kichik rasm va natija) faqat telefon yoki brauzeringizda saqlanadi, bizning serverga yuborilmaydi.
  • Uni istalgan vaqtda “Tarix” bo‘limida o‘chirishingiz mumkin (yakka-yakka yoki hammasini).

4. Ruxsatlar (Android)

  • Kamera — o‘simlikni skanerlash uchun. Faqat siz “Kamerani ochish” tugmasini bosganingizda ishlaydi.
  • Internet — tashxis va javoblar uchun.
  • Galereyadan rasm tanlash tizimning o‘z tanlagichi orqali bajariladi.

5. Uchinchi tomonlarga berish

  • Ma‘lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida berilmaydi.
  • Qonun talab qilgan hollardagina vakolatli organlarga berilishi mumkin.

6. Muhim ogohlantirish

  • AgroDok sun‘iy intellekt yordamida taxminiy tavsiya beradi va aniq tashxis emas. Dorilarni ishlatishdan oldin qadoqdagi yo‘riqnomani o‘qing va agronom bilan maslahatlashing.

7. Bolalar

  • Xizmat dehqonlar va umumiy foydalanuvchilar uchun; 13 yoshgacha bolalardan ongli ravishda ma‘lumot yig‘maymiz.

8. Aloqa

  • Savollar uchun ilovadagi “Agronomdan so‘rang” yoki “Tashxis noto‘g‘ri” orqali yozing.
  • Ishlab chiqaruvchi: ProCode.