Foydalanish shartlari
AgroDokdan foydalanish orqali quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz.
Oxirgi yangilanish: 17-noyabr 2026
1. Xizmat nima
- AgroDok o‘simlik rasmlari asosida kasallik va zararkunandalar bo‘yicha taxminiy xulosa, parvarish maslahati va dorilar haqida ma‘lumot beradi.
2. Mas‘uliyat chegarasi
- Natijalar sun‘iy intellekt tomonidan tayyorlanadi, xato bo‘lishi mumkin va aniq tashxis hisoblanmaydi.
- Dorilarning dozasi taxminiy: har doim qadoqdagi yo‘riqnomaga amal qiling, himoya vositalarini taqing.
- Muhim yoki katta maydondagi qarorlar oldidan mahalliy agronom yoki o‘simliklarni himoya qilish xizmatiga murojaat qiling.
- Dorilar bo‘yicha ma‘lumot reklama emas va biror ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlikni anglatmaydi.
3. Foydalanuvchi majburiyatlari
- Faqat o‘simlik rasmlarini yuboring; boshqalarning shaxsiy ma‘lumotlarini va noqonuniy kontentni yubormang.
- Xizmatga haddan tashqari so‘rov yuborib, ishini buzmang.
4. O‘zgarishlar
- Shartlar yangilanishi mumkin; oxirgi tahrir shu sahifada turadi.